«sherzodxon qudratxo‘ja» tegli maqolalar


O‘zbekistonning Moskvadagi elchisi Sherzodxon Qudratxo‘janing so‘zlaridan so‘ng Rossiya TIVga chaqirildi
14 fevral 2024, 21:10

O‘zbekistonning Moskvadagi elchisi Sherzodxon Qudratxo‘janing so‘zlaridan so‘ng Rossiya TIVga chaqirildi

Rossiya TIV O‘zbekistonning Moskvadagi elchisi Botirjon Asadovga O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘janing so‘zlari munosabati bilan norozilik bildirdi. Rossiya TIV jurnalistning O‘zbekistonda o‘zbek tilini bilmaydiganlar haqidagi so‘zlarini haqoratomuz deb atadi.

“Bosqinchimi yo ahmoq, o‘zlari hal qilsin” — Sherzodxon Qudratxo‘ja
14 fevral 2024, 18:17

“Bosqinchimi yo ahmoq, o‘zlari hal qilsin” — Sherzodxon Qudratxo‘ja

Sherzodxon Qudratxo‘jaga ko‘ra, O‘zbekistonda yashab, o‘zbek tilini bilmaydiganlar “bosqinchi” yoki “ahmoq” ekanini o‘zlari hal qilishi kerak. Shuningdek, u rossiyalik siyosatchilarning bayonotlariga jim turish mumkin emasligini aytdi. “Rossotrudnichestvo” u va uning tuzilmalari bilan aloqalarni uzishini bildirdi.

Markaziy saylov komissiyasi tarkibi o‘zgartirilmoqda
9 fevral 2024, 15:35

Markaziy saylov komissiyasi tarkibi o‘zgartirilmoqda

Qonunchilik palatasi deputatlari Markaziy saylov komissiyasining 14 nafar a’zosi vakolatlarini tugatish va 2 nafar yangi a’zoni saylash bo‘yicha qarorlar qabul qilib, Senatga yubordi. Amaldagi qonunchilikda MSK parlament palatalari tomonidan 9 nafar a’zodan iborat tarkibda tuzilishi belgilangan.

«Yoshlarimizga kreativroq dars beraylik, demoqchi edim» — Sherzodxon Qudratxo‘ja tarmoqlarda tarqalgan gapi haqida
3 yanvar 2023, 13:38

«Yoshlarimizga kreativroq dars beraylik, demoqchi edim» — Sherzodxon Qudratxo‘ja tarmoqlarda tarqalgan gapi haqida

O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘janing maktab ta’limidan fizika, kimyo fanlarini chiqarib tashlash haqidagi gaplari muhokamalarga sabab bo‘ldi. U o‘ziga qarshi bildirilgan fikr-mulohazalarga izoh berdi. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova esa bunday xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qildi.

O‘zJOKUda rektorga salom bermagani uchun talabani kaltaklagan xodim ishdan bo‘shatildi
11 sentabr 2022, 15:28

O‘zJOKUda rektorga salom bermagani uchun talabani kaltaklagan xodim ishdan bo‘shatildi

O‘zJOKU talabasi universitetda rektorga salom bermagani uchun xodim tomonidan kaltaklangandi. Universitet Odob-axloq komissiyasi yig‘ilishida xodim vakolati doirasidan tashqariga chiqqani sababli ishdan bo‘shatildi. Boshqa xodimlarga nisbatan hayfsan intizomiy chorasi qo‘llanildi.

O‘zJOKUda xodim talabani rektorga salom bermagani uchun kaltaklagani aytildi
10 sentabr 2022, 16:11

O‘zJOKUda xodim talabani rektorga salom bermagani uchun kaltaklagani aytildi

O‘zJOKU talabasi universitetda rektorga salom bermagani uchun xodim tomonidan kaltaklangani aytilmoqda. Universitet rektori esa holatdan xabari yo‘qligini, biroq, nohaq harakat qilganlar jazolanishini aytdi. Talabaning salom berish-bermasligi bu ixtiyoriy, deya ta’kidladi Sherzodxon Qudratxo‘ja.

«Yaxshi xabar tez tarqaladi» — Sherzodxon Qudratxo‘ja saylov natijasi e’lon qilinishdan avval kelgan tabriklar haqida
26 oktabr 2021, 10:58

«Yaxshi xabar tez tarqaladi» — Sherzodxon Qudratxo‘ja saylov natijasi e’lon qilinishdan avval kelgan tabriklar haqida

Sherzodxon Qudratxo‘ja prezident saylovlarining dastlabki natijalarini e’lon qilishdan avval bildirilgan tabriklar MSKni ham hayron qoldirganini ta’kidladi. «Yaxshi xabar tez tarqaladi. Shuning uchun hayratlanmasa ham bo‘ladi, menimcha», — deydi u.

Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi targ‘iboti va amaldagi vazifasi aralashib ketmasligi nazorat qilinadi — MSK
7 avgust 2021, 17:42

Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi targ‘iboti va amaldagi vazifasi aralashib ketmasligi nazorat qilinadi — MSK

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan OAV va blogerlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda amaldagi prezidentning vazifasi va saylovoldi targ‘iboti aralashib ketmasligi nazorat qilinishi aytildi. «Albatta, nomzodni saylovoldi targ‘iboti va o‘zining faoliyatini adashtirmasligimiz kerak. Lekin nazorat qilinadi», — dedi MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov. Komissiya a’zosi Sherzodxon Qudratxo‘ja esa Shavkat Mirziyoyevning tashrif va uchrashuvlari tagida piar emas, balki islohotlar yotganini ta’kidladi.

Biz emlash bo‘yicha boshqa davlatlarga qaraganda yaxshi ko‘rsatkichda ketyapmiz — Sherzodxon Qudratxo‘ja
13 iyul 2021, 18:49

Biz emlash bo‘yicha boshqa davlatlarga qaraganda yaxshi ko‘rsatkichda ketyapmiz — Sherzodxon Qudratxo‘ja

Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja vaksinatsiya bo‘yicha O‘zbekiston yaxshi ko‘rsatkichda ketayotganligini ta’kidladi. 12 iyul holatiga O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlangan fuqarolar mamlakat aholisining 2,64 foizini tashkil qilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting